KPI UP tizimi sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi
Mezonga mos hujjat shablonlarini yaratish
Yaratilgan mezon bandlariga mos keluvchi hujjat shablonlarni ixtiyoriy ko'rinishda yaratish mumkin. Shablonlar dinamik tayyorlanadi, ixtiyoriy vaqtda taxrirlash mumkin
Ixtiyoriy turdagi hisobotlar
Foydalanuvchilar uchun alohida-alohida roli va lavozimiga qarab, har bir mezon, hujjat turlari va vaqtlar bo'yicha hisobotlar shakllantirib beradi
Tashkilotlar
Foydalanuvchilar
Mezonlar
Hujjatlar soni
KPI larni shakllantirish uchun quyidagi talablarni aniqlash mumkin.
KPI tashkilotda nizolar va nosog'lom raqobatni yuzaga keltirmaydigan tarzda ishlab chiqilishi kerak; xodimlar yagona jamoa bo'lib, umumiy maqsadlar uchun birgalikda ishlashi kerak.
- KPIni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar obyektiv, to‘liq va ishonchli bo‘lishi kerak.
- KPI mezoni ma’lumotlari tanlangan KPI qiymatini aniqlash davriga muvofiq kerakli vaqtda mavjud bo'lishi kerak.
- Hisoblangan natijani tekshirish imkoniyatini ta'minlash kerak.
- KPI hisob-kitoblari xodimlar uchun tushunarli bo'lishi kerak.
KPI - bu tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish uchun ishlatiladigan tizim
Tizim muvozanatli deb ataladi, qachonki:
- Uning tarkibiy qismlari mantiqiy bog'langan bo'lib, xo'jalik yurituvchi subyekt sifatida korxonaning to'liq tasavvurini bersa.
- Innovatsion rivojlanish qobiliyati kabi moddiy va intellektual aktivlarni kuzatishga imkon bersa.
- Undan foydalanishda boshqaruvning strategik va operatsion darajalari, o'tmishdagi va kelajakdagi natijalar, korxonaning ichki va tashqi tomonlari o'rtasida muvozanat saqlansa.
BSC - bu strategiyani amalga oshirish nuqtai nazaridan faoliyatning barcha jihatlarini hisobga oladigan tarzda tanlangan ko'rsatkichlar to'plami asosida uning samaradorligini baholashga asoslangan korxonani boshqarish vositasi.
KPI (Asosiy samaradorlik ko'rsatgichlari) unumdorlikni qanday qilib keskin oshirish kerakligini ko’rsatib beradi. Qoida tariqasida KPI quyidagi turlari ajratiladi:
- Miqdoriy ko‘rsatkichlar, masalan, pul, ishlab chiqarish hajmi, vaqt, odamlar soni, foizlar va boshqalar yordamida miqdoriy natijalarni xolisona baholash.
- Sifat ko’rsatgichlari, ball yoki reyting ko’rinishida taqdim etiladi, ya'ni tashkilot faoliyatining sifat natijalarini subyektiv baholash va ballar asosida baholash.
- Hisobot davridagi ishlarning holatini, u yakunlangandan keyin maqsadlarga erishish uchun boshqarish imkonini beruvchi yetakchi yoki tezkor ko‘rsatkichlar.
- Individual ko'rsatkichlar, bu har bir xodimning shaxsiy faoliyati va samaradorlik ko’rsatkichlaridir, bular ma'lum bir xodimning aqliy yoki jismoniy kuch sarflash orqali ta'sir qilishi mumkin bo'lgan va ular uchun shaxsan javobgar bo'lgan ko'rsatkichlar.
- Jamoaviy ko'rsatkichlar - bular jamoa harakatlariga qarab umumiy natijalarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar.
- Moliyaviy ko‘rsatkichlar tashkilot (bo‘lim, xodim)ning moliyaviy natijalarini baholaydi. Masalan, daromad, sof foyda, pul ifodasida sotish hajmi, marjinal foyda, rentabellik, aylanma, likvidlik va boshqalar.
- Nomoliyaviy ko‘rsatkichlar tashkilotning moliyaviy bo‘lmagan natijalarini baholaydi. Masalan, sotish hajmi, bozor ulushi, raqobatdagi ustunlik darajasi, mijozlar ehtiyojini qondirish, xodimlarning qoniqish darajasi, buyurtma berish muddati, mehnat unumdorligi va boshqalar.
Faollar
Top faollar
Tohirjon Yoqubov
Shoira Saidjabbor
Sadikov Anvar
Sabina Xolbayeva
F.A.Q
Ko'p so'raladigan savollar
-
KPI UP tizimi qanday tizim?
KPI UP tizimi - Asosiy samaradorlik ko'rsatkichlari butun tashkilot, alohida tarkibiy bo'linmalar va har bir xodim tomonidan aniq amalga oshirilgan harakatlar samaradorligini baholash imkonini beradi.
-
KPI UP tizimida qanday ro'yxatdan o'tish mumkin?
KPI UP tizimidan ro'yxatdan o'tish uchun asosiy oynada joylashgan "Tizimga kirish" tugmasini bosish kerak. Bizga tizimga kirish uchun "Login" oynasi ochiladi. Agar oldin yaratilgan profil mavjud bo'lsa login va parol kiritiladi, aks holda pastda joylashgan "Shaxsiy kabinet yaratish" bo'limiga o'tiladi va kerakli ma'lumotlar kiritilib "Shaxsiy kabinet yaratish" tugmasi bosiladi.
-
Tizimga kiritilgan ma'lumotlar qanday baholanadi?
Tizimga kiritilgan ma'lumotlar, ma'lumot tekshiruvchi bo'limga qarab, rahbariyat tomonidan biriktirilgan xodim tomonidan tekshiriladi va baholanadi. Ba'zi ma'lumotlar ma'lumot turidan kelib chiqib avtomatik baholanishi mumkin.
-
Oldin kiritilgan mezon shablonlaridan qayta foydalansa bo'ladimi?
Albatda oldin kiritilgan me'zon shablonlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun shablon yaratgan vaqtda oldingi shablonlardan nusxa olish funksiyasi tanlanadi va yaratish tugmasi bosiladi.
-
KPI UP tizimiga takliflar asosida o'zgartirishlar kiritish mukinmi?
Tizimga takliflar asosida yangi imkoniyatlar qo'shish faqatgina rahbariyat va tizim yaratuvchilari kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Boshqa bir kamchiliklar vujudga kelsa, bu kamchilik bo'yicha takliflar asosida tuzatishlarni amalga oshirish mumkin.
Kontaktlar
Call Markaz
Manzil:
Toshkent shahri, Islom Karimov ko'chasi, 49 uy
Email:
Telefon:
+998-91-780-44-66